8 Oktyabr, 2026
146
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi AQShning Oliy ta’limni akkreditatsiyalash kengashi (CHEA) huzuridagi Xalqaro sifatni ta’minlash guruhi (CIQG) to‘laqonli a’zoligiga qabul qilindi.
Bu Agentlikning xalqaro sifatni ta’minlash tizimiga integratsiyalashuvi, yetakchi xorijiy sifatni ta’minlash va akkreditatsiya tashkilotlari bilan institutsional hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Oliy ta’limni akkreditatsiyalash kengashi 3 000 ga yaqin diplom beruvchi kollej va universitetlarni hamda 60 dan ortiq institutsional va dasturiy akkreditatsiya tashkilotlarini birlashtiradi.
Tashkilot AQShda oliy ta’lim akkreditatsiyasi, akademik sifat va akkreditatsiya tashkilotlarini tan olish masalalaridagi asosiy milliy institutlardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning o‘zida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi oliy ta’lim sifatini ta’minlash sohasidagi bir qator yirik xalqaro va mintaqaviy tarmoqlarga qo‘shildi:
INQAAHE
— 300 dan ortiq sifatni ta’minlash va akkreditatsiya tashkilotlarini birlashtiruvchi global tarmoq;
APQN
— 45 dan ortiq mamlakat va hududdan 200 dan ziyod tashkilotni birlashtiruvchi Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy tarmog‘i;
CEENQA
— 28 mamlakatdan 46 ta tashkilotni birlashtiruvchi Markaziy va Sharqiy Yevropa tarmog‘i;
ENQA
— Yevropa oliy ta’limda sifatni ta’minlash assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.