12 Iyun, 2026
21
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida oliy taʼlim sifatini taʼminlash tarmogʻi (APQN)ning toʻliq aʼzoligiga qabul qilindi.
Bu davlat akkreditatsiyasi tizimi xalqaro miqyosda tan olingan yondashuvlarga mosligini tasdiqlaydi.
APQNga aʼzolik natijasida:
➖ davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan oliygohlar “Quality Label” xalqaro sifat yorligʻini olish orqali xalqaro maydonda tan olinishi uchun yangi imkoniyatlarga ega boʻladi;
➖ davlat akkreditatsiyasi jarayonlariga xalqaro ekspertlarni yanada keng jalb etish imkoniyatlari yaratiladi.
Maʼlumot uchun, APQN 45 mamlakatdan 200 dan ortiq tashkilotni birlashtirgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi oliy taʼlim sifatini taʼminlash bo‘yicha yetakchi xalqaro tarmoqlardan biri hisoblanadi.