Menyu

O‘zbekistonlik mutaxassislar Londonda sifatni taʼminlash boʻyicha xalqaro malaka oshirish dasturida qatnashmoqda

6 Iyul, 2026

55

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi vakillari Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifati kafolati agentligi (QAA) tomonidan tashkil etilgan "Sifatni taʼminlash boʻyicha xalqaro malaka oshirish dasturi"da (IQAP–2026) ishtirok etmoqda.

Dasturda dunyoning 10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etib, sifat ta’minoti sohasidagi ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashish imkoniga ega bo'ladi.

Ma’lumot uchun: QAA Buyuk Britaniyada oliy ta’lim sifatini ta’minlash, akademik standartlarni ishlab chiqish va oliygohlarda sifat tizimlarini takomillashtirishga ko‘maklashuvchi nufuzli tashkilot hisoblanadi.

Powered by GSpeech