Menyu

Oʻzbekiston Markaziy va Sharqiy Yevropa oliy taʼlimida sifatni taʼminlash agentliklari tarmogʻi (CEENQA)ga aʼzo boʻldi

19 Iyun, 2026

111

Markaziy va Sharqiy Yevropa oliy taʼlimida sifatni taʼminlash agentliklari tarmogʻi (CEENQA)ga aʼzolik Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimining Yevropa taʼlim makoni bilan hamkorligini kengaytirish hamda milliy akkreditatsiya jarayonlarining xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Aʼzolik doirasida milliy ekspertlar Yevropaning yetakchi sifat taʼminoti agentliklari bilan tajriba almashish va malaka oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Shuningdek, hamkorlik milliy akkreditatsiya jarayonlariga yevropalik ekspertlarni kengroq jalb etish, ilgʻor xalqaro tajribalarni joriy etish hamda taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Maʼlumot uchun, CEENQA Markaziy va Sharqiy Yevropaning 28 mamlakatidan 46 ta tashkilotni birlashtirgan xalqaro tarmoq hisoblanadi.

Powered by GSpeech