22 May, 2026
47
London shahrida o‘tayotgan Education World Forum 2026 doirasida oliy ta’limda sifatni ta’minlash sohasidagi eng yirik xalqaro тarmoqlardan biri — INQAAHE (International Network for Quality Assurance Agencies in Higher Education) ga Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining to‘liq a’zoligi rasman tasdiqlandi.
INQAAHE oliy ta'limda sifatni ta'minlash sohasidagi eng yirik global tarmoqlardan biri bo'lib, bugungi kunda 300 dan ortiq sifatni ta’minlash agentliklari, akkreditatsiya tashkilotlari va ekspertlarni birlashtirgan eng yirik global tarmoqlardan biri hisoblanadi.
Mazkur a’zolik O‘zbekiston milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligini anglatadi.
INQAAHEga to‘liq a’zolik bir qator imkoniyatlarni kengaytiradi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari diplomlarining xalqaro miqyosda tan olinishi kuchayadi, bitiruvchilarning xorijda ta’lim va mehnat faoliyatini davom ettirish imkoniyatlari kengayadi;
Davlat akkreditatsiyasi natijalarining xalqaro darajada e’tirof etilishi ortadi, oliygohlarining xalqaro reytinglar, akkreditatsiya jarayonlari va grant dasturlarida ishtiroki yengillashadi;
Yetakchi xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari, ikki diplomli dasturlar hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi ko‘lami kengayadi;
Akkreditatsiya jarayonlariga INQAAHE tarmog‘i orqali yuqori malakali xalqaro ekspertlarni jalb etish imkoniyati yaratiladi, bu esa davlat akkreditatsiyasi sifatini yanada oshiradi;
Milliy ekspertlar malakasini oshirish va xalqaro tajribani tizimli o‘rganish imkoniyatlari kengayadi.
Mazkur a’zolik O‘zbekistonda ta’lim sifati, xalqaro integratsiya va tan olinuvchanlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim strategik ahamiyat kasb etadi.