30 Oktyabr, 2026
126
27–28-oktabr kunlari Germaniyaning FIBAA xalqaro akkreditatsiya agentligi Turkiyadagi Çağ universitetining 4 ta ta’lim dasturini taşqi baholaşdan ötkazdi.
Jarayonda Agentlik xodimlari va mahalliy ekspertlar kuzatuvçi sifatida iştirok etdi.
Ekspertlar universitet rahbariyati, dastur mas’ullari, talabalar va bitiruvçilar bilan uçraşib, moddiy-texnik baza bilan tanişdi.
Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
➖ ta’lim dasturlarining mazmuni va mehnat bozori talablariga mosligi;
➖ öqitiş va baholaş tizimi;
➖ universitet içidagi sifatni ta’minlaş mexanizmlari.
Bunday iştirok xalqaro ilğor tajribani milliy akkreditatsiya standartlariga joriy etişga va mahalliy ekspertlar malakasini oşirişga xizmat qiladi.
Kuzatuvçilar örgangan tajribasini boşqa ekspertlar bilan ham bölişadi, şu tariqa bitta tajriba butun ekspertlar korpusining bilimiga aylanadi.
FIBAA — Agentlik reyestriga kiritilgan 31 ta xalqaro akkreditatsiya taşkilotdan biri.