9 Noyabr, 2026
9
14 ta hududdagi 73 ta akademik litseyning 2 520 nafar pedagogi iştirokida ötkazilgan Umummilliy sörovnoma litseylarning kuçli jihatlari va rivojlaniş talab etiladigan yönalişlarni aniqlaş imkonini berdi.
Mazkur litseylarda jami 3 197 nafar pedagog faoliyat yuritadi.
Ijobiy baholangan jihatlar:
➖ 98,6 foizi öquvçilarning oliygohga tayyorgarligini ijobiy baholadi;
➖ 95,6 foizi baholaş tizimini şaffof deb hisoblaydi;
➖ 93,6 foizi öquv dasturlari muntazam yangilanayotganini aytdi;
➖ 81,7 foizi öquv dasturlarini mehnat bozori talablariga mos deb biladi.
E’tibor talab qiladigan masalalar:
➖ 43,9 foizi xalqaro malaka oşiriş va stajirovkalar bilan qamrab olinmagan deb biladi;
➖ 39,1 foizi xalqaro ta’lim dasturlari bilan integratsiyani ijobiy baholamadi;
➖ 25 foizi iş yuklamasini yuqori deb baholadi;
➖ 23,8 foizi moddiy-texnik bazani yetarli deb hisoblamaydi.
Şuningdek, oçiq javoblarda (tayyor variantlarni tanlamay, öz fikrini erkin yozgan javoblar) moddiy rağbatlantiriş, moddiy-texnik baza, malaka oşiriş tizimi va öquv adabiyotlarini yangilaş masalalari köp tilga olindi.
Sörovnoma natijalari akademik litseylar milliy reytingini şakllantirişda inobatga olinadi. Bu litseylarni ta’lim şaroitlari va sifatini yaxşilaşga undaydi.
Natijalar töğrisida batafsil ma'lumot şarhda keltirilgan.