Menyu

Buxoro davlat universitetining yana 2 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiya natijalari asosida tan olindi

6 Iyul, 2026

67

Buxoro davlat universitetining BMTning Turizm bo‘yicha agentligi huzuridagi Turizm akademiyasi (UN Tourism Academy) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ta’lim dasturlari O‘zbekiston Respublikasida tan olindi.

Tan olingan ta’lim dasturlari:

Bakalavriat – Turizm va mehmondo‘stlik;
Magistratura – Turizm va mehmondo‘stlik.


Avvalroq ushbu oliygohning Germaniyaning ACQUIN xalqaro tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan 16 ta ta’lim dasturi ham O‘zbekistonda tan olingani haqida xabar bergan edik.

Shunday qilib, bugungi kunga qadar universitetining jami 18 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan.

Powered by GSpeech