23 Sentyabr, 2026
161
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti akademik litseyida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayonlari amalga oshirildi.
Mazkur ta’lim muassasasi bugungi kunda 525 o‘rinlik quvvatga ega bo‘lib, unda 462 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ta’lim jarayoniga 48 nafar pedagog jalb etilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar 18 ta guruhda tashkil etilgan.
Litseyda ta’lim “Xorijiy tillar” hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” yo‘nalishlari bo‘yicha olib boriladi. Ayni paytda 1-bosqichda 227 nafar, 2-bosqichda esa 235 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Kompleks davlat akkreditatsiyasi doirasida ta’lim muassasasining mavjud imkoniyatlari, ta’lim jarayonini tashkil etish shart-sharoitlari hamda pedagogik salohiyati tegishli mezonlar asosida kompleks o‘rganiladi.
Jumladan, litseyning moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasi, o‘quv xonalarining mavjudligi, sport mashg‘ulotlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun mavjud imkoniyatlarga e’tibor qaratiladi.
Akkreditatsiya jarayonining asosiy maqsadi — ta’lim tashkilotining faoliyatini belgilangan talab va mezonlar asosida xolis baholash, mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ta’lim sifatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan yo‘nalishlarni belgilashdan iborat.
Mazkur jarayon ta’lim tashkilotining bugungi holatini baholash bilan bir qatorda, uning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini aniqlash va ta’lim oluvchilar uchun yanada sifatli ta’lim muhitini shakllantirishga qaratilgan muhim mexanizm hisoblanadi.