Menyu

Turkiy davlatlar xalqaro universitetining 3 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi

19 Iyun, 2026

77

Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Turkiy davlatlar xalqaro universitetining 3 ta bakalavriat ta’lim dasturi belgilangan talab va mezonlarga muvofiq deb topildi.

Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari:

Elektr muhandisligi
Kompyuter injiniringi
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

Mazkur akkreditatsiya jarayonlari 3 nafar mahalliy va 3 nafar xorijiy ekspert ishtirokida amalga oshirildi.

Universitetda ta’lim Turkiyaning Istanbul Technical University (TOP-298), Middle East Technical University (TOP-269) kabi nufuzli oliygohlari bilan qo'shma dastur asosida olib boriladi.

Powered by GSpeech