Menyu

Kasbiy va oliy ta’limda taşqi sifat kafolatini rivojlantirişga qaratilgan seminar-treninglar ötkazildi

20 Noyabr, 2025

1175

Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi tomonidan kasbiy ta’lim sohasida taşqi sifat kafolatini rivojlantirişga qaratilgan uç kunlik seminar-trening taşkil etildi.

Mazkur tadbirda Şveytsariyaning VET4UZ loyihasi doirasida jalb etilgan xalqaro ekspertlar iştirok etib, taşqi baholaş jarayonida qöllaniladigan zamonaviy yondaşuvlar böyiça amaliy maşğulotlar va sessiyalar ötkazildi.

Seminar-trening dasturi doirasida “Taşqi ekspertlar va koordinatorlarning roli va vazifalari” mavzusida alohida sessiya taşkil etilib, unda taşqi baholaş jarayonida ekspertlarning mas’uliyati, baholaş mezonlari hamda muvofiqlaştiriş mexanizmlari yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berildi.

Mazkur seminar-treninglarning asosiy maqsadi — kasbiy va oliy ta’lim taşkilotlarini akreditatsiya qiliş jarayonida iştirok etuvçi taşqi ekspertlarni tayyorlaş, ularning kasbiy kompetensiyasini oşiriş hamda xalqaro standartlarga mos taşqi baholaş tizimini şakllantirişdan iborat.

Seminar-trening yakunida dasturda muvaffaqiyatli iştirok etgan 20 nafar taşqi ekspertga sertifikatlar topşirildi. Şundan 5 nafari kasbiy ta’lim, 15 nafari oliy ta’lim taşkilotlarini taşqi baholaş bilan şuğullanuvçi mutaxassislar hisoblanadi.

Mazkur seminar-treninglar natijasida iştirokçilar nafaqat taşqi sifatni baholaş böyiça, balki ta’lim sifatini oşirişga qaratilgan ilğor xalqaro tajribalar bilan ham yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega böldilar.

Powered by GSpeech