17 Sentyabr, 2026
23
Ayni vaqtda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining kompleks davlat akkreditatsiyasi doirasida ta’lim sifatini tashqi baholash jarayonlari izchil davom ettirilyapti.
Mazkur jarayon doirasida universitetning jami 106 ta ta’lim dasturi kompleks baholashdan o‘tkazilmoqda. Shundan 79 tasi oliy ta’lim dasturi, 27 tasi esa oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturi hisoblanadi.
Tashqi baholash jarayonlariga jami 35 nafar ekspert jalb etilgan bo‘lib, shundan 13 nafari joyiga tashrif buyurgan holda baholash jarayonlarida ishtirok etmoqda. Mazkur ekspertlarning 3 nafari xorijiy ekspert, 1 nafari esa talaba ekspert hisoblanadi.
Ekspertlar tarkibining mazkur tamoyil asosida shakllantirilishi ta’lim sifatini akademik, professional va talabalar nuqtayi nazaridan kompleks hamda xolis baholash imkonini beradi.