14 Sentyabr, 2026
78
"Qanchalik qiyin bo‘lmasin, ishimizga vijdonan va mas’uliyat bilan yondashishimiz kerak. Chunki sifatsiz tayyorlangan har bir bitiruvchi uchun har birimiz mas’ulmiz. Buning uchun tadbirkorlar, ish beruvchilar bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘ydik.
Bugungi tadbir bahonasida xorijiy mehmonlarimiz va ekspertlarimizning tajribasidan imkon qadar samarali foydalanishimiz kerak. Biz milliy tizimimizni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish yo‘lida izchil harakat qilyapmiz. Bu jarayonda ochiqlik, shaffoflik va o‘zaro tajriba almashinuvi biz uchun juda muhim.
Maqsad shunchaki standartlarga mos kelish emas, balki ta’lim sifatini amalda yaxshilaydigan, bitiruvchining kelajagi va ish beruvchining ehtiyojini hisobga oladigan tizimni barpo etish"