Menyu

Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingining muhim indikatorlaridan biri professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi shakllantirildi

6 Iyul, 2026

318

Natijalarga ko‘ra, davlat oliygohlarida bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 19,1 nafar talaba to‘g‘ri kelsa, xorijiy oliygohlar filiallarida bu ko‘rsatkich 32,9 nafarni, nodavlat oliygohlarda esa 55,3 nafarni tashkil etadi.

Oliygohlar toifalari kesimida eng yaxshi nisbat ijod (sport) fanlari oliygohlarida qayd etilgan bo‘lib, ularda bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 8,4 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Tibbiyot fanlari oliygohlarida ushbu ko‘rsatkich 13,6 nafarni, amaliy fanlar oliygohlarida 26,8 nafarni, ijtimoiy-gumanitar fanlari oliygohlarida esa 44,3 nafarni tashkil etadi.

Ayrim oliygohlarda professor-o‘qituvchi va talabalar nisbati keskin yuqori ko‘rsatkichni, ba’zi hollarda 200 nafardan ham ortiqni tashkil etgan:

➖IT Park universiteti – 244 nafar;
➖Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti – 236,6 nafar;
➖Singapur menejmentni rivojlantirish instituti – 140,1 nafar;
➖International School of Finance and Technology – 133,8 nafar;
➖“Millat umidi” universiteti – 127,3 nafar talabani tashkil etadi.


Nisbatning yuqori bo‘lishi talabalar bilan individual ishlash, amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy faoliyat imkoniyatlarini cheklaydi.

Mazkur indikator ko‘rsatkichlari va ular bo‘yicha batafsil tahlil bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Ma'lumot o'rnida: bugungi kunda mamlakat oliygohlarida 1,6 milliondan ortiq talabaga 61 mingdan ziyod professor-o‘qituvchi dars bermoqda.

Powered by GSpeech