Menyu

Oliygohlarda içki sifatni ta’minlaş standartlarini joriy etişda Britaniya tajribasidan foydalaniladi

10 Noyabr, 2026

10761

Milliy agentlikda Britaniya Kengaşi boş ijroçi direktori Skott Makdonald bilan uçraşuv bölib ötdi.

Muloqotda oliygohlarda içki sifatni ta’minlaş tizimini xalqaro standartlar asosida takomillaştiriş va ilğor Britaniya tajribasini joriy etiş muhokama qilindi.

Uçraşuvning asosiy mavzusi oliygohlarda içki sifatni ta’minlaş standartlarini amaliyotga tatbiq etiş böldi.

Standartlar Britaniya Kengaşi kömagida işlab çiqilgan. Ularni işlab çiqişda Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlaş agentligi (QAA), Milliy agentlik va oliygohlar iştirok etgan.

Standartlar quyidagilar uçun asos bölib xizmat qiladi:

➖ oliygohlarda içki sifatni ta’minlaşning umumiy tamoyillarini belgilaş;
➖ ta’lim sifati uçun oliygohning özi mas’ul bölişini ta’minlaş;
➖ içki sifat tizimlarini milliy akkreditatsiya talablari va xalqaro yondaşuvlar bilan uyğunlaştiriş.



Tomonlar standartlarni joriy etişni quyidagi ikki bosqiçda amalga oşirişga kelişib oldi:

➖ birinçi bosqiç: oliygohlarning sifatni ta’minlaş uçun mas’ul mutaxassislarini öqitiş va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş;
➖ ikkinçi bosqiç: mutaxassislarning bilim va könikmalarini baholaş, eng yaxşi natija körsatganlarga Buyuk Britaniyada malaka oşiriş imkoniyatini yaratiş.

Powered by GSpeech