Menyu

Navoiyda 63 ta ta’lim dasturi o‘rganildi

21 Sentyabr, 2026

129

Joriy yilning 16-18-sentabr kunlari Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy filialining ta’lim dasturlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish doirasida joyiga chiqqan holda tashqi baholash jarayonlari amalga oshirildi.

Mazkur jarayonda 63 ta ta’lim dasturi o‘rganilib, unda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi mas’ullari hamda 5 nafar mahalliy ekspert ishtirok etdi.

Tashqi baholash jarayonlari davomida ta’lim tashkilotining faoliyati kompleks yondashuv asosida tahlil qilindi. Jumladan, ekspertlar dars va amaliy mashg‘ulotlarini bevosita kuzatib, ularning ishchi va o‘quv-me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi, tinglovchilarning davomati va faolligi, nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini baholadi.

Shuningdek, ushbu baholash jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida tinglovchilar fikrini o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ta’lim jarayonining sifati, nazariya va amaliyot uyg‘unligi, mavjud muammolar hamda takliflar yuzasidan fikr-mulohazalar tahlil qilindi.

Kompleks davlat akkreditatsiyasi doirasidagi bunday tashqi baholash jarayonlari ta’lim tashkilotlari faoliyatini xolis baholash, mavjud imkoniyat va muammolarni aniqlash hamda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish uchun zarur yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech