Menyu

Agentlik xodimlari Davlat xizmati kuni arafasida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

22 Iyun, 2026

61

23-iyun — Davlat xizmati kuni munosabati bilan Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi xodimlari uchun O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya tashkil etildi.

Tashrif davomida xodimlar Markaz faoliyati, uning noyob ekspozitsiyalari hamda yurtimizning boy tarixiy, ilmiy va madaniy merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur ekskursiya nafaqat ma’rifiy tadbir, balki milliy qadriyatlarimiz va tarixiy merosimizni chuqurroq anglash, jamiyat manfaatlari yo‘lida mas’uliyat bilan xizmat qilish tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Powered by GSpeech