6 Iyul, 2026
45
Germaniya Xalq universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda hayot davomida ta’lim (Lifelong Learning) va katta yoshdagilar ta’limi (Adult Learning and Education – ALE) tizimini rivojlantirish, ushbu sohada sifatni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro aloqalarni institutsional darajada mustahkamlash va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: DVV International – katta yoshdagilar ta’limi va hayot davomida ta’lim tizimlarini rivojlantirishga ixtisoslashgan dunyodagi yetakchi xalqaro professional tashkilotlardan biri bo'lib, dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritadi.