Menyu

Education World Forum 2026 doirasida Advance HE, AQA va British Council bilan uchrashuvlar bo'lib o‘tdi

22 May, 2026

80

Londonda o'tayotgan Forumda Advance HE bilan muzokaralar davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Umummilliy so‘rovnomalarni xalqaro tajriba asosida tashkil etish;

Sifatni ta’minlash va akkreditatsiya sohasidagi mutaxassislar uchun malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

Shuningdek, AQA (Assessment and Qualifications Alliance) bilan kelishuv memorandumi imzolandi. Unga ko'ra:

Milliy reyting doirasida oliygohlarning xalqaro nufuzini birgalikda aniqlash;

Kasbiy standartlarni birgalikda ishlab chiqish.

Delegatsiya British Council vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazib, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik rivojlanish va professional salohiyatni oshirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Education World Forum doirasidagi ushbu kelishuvlar O‘zbekistonda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, milliy akkreditatsiya tizimini takomillashtirish hamda oliy ta’limning xalqaro tan olinuvchanligini oshirishga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech