19 Iyun, 2026
57
Rasheed Hussain — Buyuk Britaniyaning nufuzli University of Bristol professori hamda intellektual tarmoqlar xavfsizligi bo‘yicha yetakchi mutaxassis
Uning ilmiy va ekspertlik faoliyati zamonaviy axborot texnologiyalarining eng dolzarb yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Rasheed Hussain Janubiy Koreyaning Hanyang University PhD darajasini olgan. U shuningdek, dunyodagi eng nufuzli ilmiy hamjamiyatlardan biri bo‘lgan Kompyuter fanlari va texnologiyalari assotsiatsiyasi (ACM) hamda Elektr va elektronika muhandislari instituti (IEEE) a’zosi hisoblanadi.
Professorning xalqaro tajribasi va ekspert sifatidagi bilimlari ta’lim dasturlarini baholash hamda ularning sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga xizmat qilmoqda.