Menyu

Akkreditatsiya jarayonlariga dunyoning yetakchi universitetlaridan xalqaro ekspertlar jalb etilgan

12 Iyun, 2026

19

Bugungi kunda ro'yxatga 500 dan ortiq ekspert kiritilgan bo‘lib, ular orasida mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda 47 ta davlatdan 150 nafar xorijiy ekspert ham bor.

E’tiborli jihati, xorijiy ekspertlarning 58 nafari Times Higher Education reytingining Top-1000 taligiga kiruvchi universitetlar vakillari, shundan 18 nafari dunyoning Top-100 universitetlari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislaridir.

Xususan, ekspertlar tarkibida Oksford universiteti, Stenford universiteti, Pensilvaniya universiteti, Kolumbiya universiteti, Myunxen texnika universiteti, London Qirollik kolleji, Gonkong fan va texnologiya universiteti hamda Glazgo universiteti kabi dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari mavjud.

Ekspertlar korpusi haqidagi batafsil ma'lumot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Powered by GSpeech