14 Sentyabr, 2026
97
Ayni paytda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limda akkreditatsiyaning o‘rni, xalqaro tajriba va ta’lim sifatini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan “Akkreditatsiyada barqarorlik: xalqaro tajriba va milliy standartlar” mavzusidagi xalqaro tadbir o‘z ishini boshladi.
Unda 200 dan ortiq davlat tashkilotlari vakillari, oliy ta’lim tashkilotlari mutaxassislari hamda Germaniya, Buyuk Britaniya va Malayziyadan taklif etilgan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida akkreditatsiyaning ta’lim sifatini ta’minlash va oliy ta’lim tashkilotlarini rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilinadi.