Menyu

Xalqaro hamkorlik yanada kengaymoqda

6 Oktyabr, 2026

272

Joriy yilning 28–30-sentabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida “Global chaqiriqlarga mahalliy yechimlar: barqaror kelajakni yaratishda oliy ta'limning o‘rni” mavzusida MENA-HELF 7-forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Nodir Ergashev panel muhokamalarida spiker sifatida ishtirok etdi.

Forum doirasida Germaniyaning TUM International GmbH va Birlashgan Arab Amirliklarining Ta'lim innovatsiyalari va individual bilim yechimlari markazi bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar imzolandi.

Bunga ko‘ra, ta’lim sifati va innovatsiyalar sohasida xalqaro tajriba almashish, hamkorlik loyihalarini amalga oshirish va institutsional salohiyatni rivojlantirish hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilandi.



Bundan tashqari, forum doirasida Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA), Yevropa xalqaro ta’lim assotsiatsiyasi (EAIE) va Qatar Malakalar va akkreditatsiya milliy qo‘mitasi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tashrif natijasida 2026–2027-yillarda Agentlikning akkreditatsiya jarayonlariga

50 nafar

xalqaro ekspertni jalb qilish, ikkita malaka oshirish dasturini yo‘lga qo‘yish hamda QAA akkreditatsiya tashkiloti bilan O‘zbekistonning 3 ta oliygohida akkreditatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Powered by GSpeech