Menyu

O‘zbekistonda oliygohlarning Yevropa standartlari asosida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishi masalalari muhokama qilindi

17 Sentyabr, 2026

56

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida oliygohlarning xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarligi va Yevropa sifat kafolati yondashuvlariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar Portugaliyaning A3ES agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Bunda A3ES Boshqaruv kengashi prezidenti João Sàágua, Bosh kotibi Raquel Santos va sifatni baholash bo‘yicha maslahatchisi Luís Gouveia ishtirok etib, Portugaliyadagi akkreditatsiya tizimi, Yevropa sifat kafolati standartlari va xalqaro akkreditatsiya amaliyoti haqida tajriba bilan o‘rtoqlashdi.

Powered by GSpeech