6 Iyul, 2026
192
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining 10 nafar xodimi AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan Regional English Language Office (RELO) dasturi doirasida tashkil etilgan Business English malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi.
Mazkur o‘quv dasturi AQSh Davlat departamentining ingliz tili bo‘yicha mutaxassisi, doktor Juzeppe Kiaramonte tomonidan olib borildi.
Bir oy davom etgan amaliy mashg‘ulotlar Agentlik xodimlarining xalqaro hamkorlik faoliyatida zarur bo‘lgan professional ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro uchrashuv va muzokaralarda samarali ishtirok etish salohiyatini oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan bevosita muloqot olib borish kompetensiyalarini mustahkamlashga qaratildi.
Interaktiv metodlar asosida tashkil etilgan mazkur tashabbus Agentlikning xalqaro hamkorlik salohiyatini mustahkamlash, xodimlarning xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri professional muloqot olib borish imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro sifat kafolati sohasidagi faol ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu loyiha Agentlik hamda AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi o‘rtasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish, kasbiy kompetensiyalarni oshirish va ta’lim sifati sohasida xalqaro tajribalarni joriy etish borasidagi o‘zaro sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Agentlik kelgusida ham Elchixona bilan hamkorlikda xalqaro standartlar asosida zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.