6 Iyul, 2026
62
Urganch RANCH texnologiya universitetining Germaniyaning muhandislik, informatika, tabiiy fanlar va matematika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini akkreditatsiya qilish agentligi (ASIIN) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan 4 ta ta’lim dasturi O‘zbekiston Respublikasida tan olindi.
Xalqaro akkreditatsiyadan o'tgan ta'lim dasturlari:
Bakalavriat:
➖ Logistika (avtomobil transporti);
➖ Texnologik mashinalar va jihozlar;
➖ Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti bo‘yicha).
Magistratura:
➖ Mashinasozlik texnologiyasi.
Xalqaro akkreditatsiya natijalarining tan olinishi ta’lim dasturlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi hamda ularning O‘zbekiston Respublikasida rasmiy e’tirof etilganligini anglatadi.