16 Iyun, 2026
24
Al-Xorazmiy universitetida maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayonlari yakunlariga ko‘ra 4 ta ta’lim dasturi belgilangan talab va mezonlarga muvofiq deb topildi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari:
Bakalavriat
➖Amaliy matematika.
Magistratura
➖Lingvistika: ingliz tili;
➖Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA);
➖Sun’iy intellekt.
Shu bilan birga, akkreditatsiya natijalariga ko‘ra quyidagi ta’lim dasturi belgilangan talab va mezonlarga muvofiq emas deb topildi:
➖Kiberxavfsizlik injiniringi.
Akkreditatsiya jarayonlarida 8 nafar, jumladan 4 nafar xorijiy ekspert ishtirok etdi.