Menyu

O‘zbekistonda ilk bor litsey va texnikumlarda umummilliy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda

26 Mart, 2026

250

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan mamlakatimiz ilk bor barcha davlat va nodavlat litsey hamda texnikumlarda o‘quvchilari hamda pedagoglari o‘rtasida Umummilliy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Mazkur tashabbus litsey hamda texnikumlarda ta’lim muhitining sifati, ta’lim olish va kasbiy faoliyat yuritish uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim hamda boshqaruv jarayonlarining raqamlashtirilganlik darajasi, shuningdek, ta’lim tashkilotlaridagi ijtimoiy, psixologik, shu bilan birgalikda, ma’naviy-axloqiy muhitni har tomonlama baholashga qaratilgan.

Umummilliy so‘rovnoma natijalari kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi uchun zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirishga, o‘quvchilarning ta’lim muhiti va yaratilgan sharoitlardan qoniqish darajasini aniqlashga, pedagog xodimlarning mehnat sharoitlari hamda kasbiy faoliyatdan qoniqish holatini baholashga, ta’lim va boshqaruv faoliyatining raqamlashtirilish darajasini tahlil qilishga, shuningdek,  tizimdagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularga yechim ishlab chiqishda muhim tahliliy manba sifatida xizmat qiladi.

So‘rovnoma respublikamizdagi har bir texnikum va litseyga tashrif buyurib, oflayn shaklda o'tkazilmoqda.

Hozirga qadar mazkur so‘rovnoma yurtimiz bo'ylab 8 ta hududda o'tkazilib, unda jami 214 ta ta’lim tashkilotida 93 844 nafar o‘quvchi hamda 8 689 nafar pedagog xodim ishtirok etdi.

Umummilliy so‘rovnoma kasbiy ta’lim tizimida ochiqlik, qayta aloqa va dalillarga asoslangan boshqaruv qarorlarini kuchaytirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbus hisoblanadi.

Powered by GSpeech