Menyu

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining 5 ta yangi taʼlim dasturi belgilangan talablarga muvofiq deb topildi

29 Iyul, 2026

60

Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining jami 5 ta taʼlim dasturi ekspertlar xulosasiga ko‘ra ijobiy baholandi.

Bakalavriat taʼlim dasturlari:

➖Transport vositalari muhandisligi;
➖Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
➖Lingvistika: ingliz tili;
➖Psixologiya.

Magistratura taʼlim dasturi:
➖Tabiiy resurslar huquqi.



Taʼlim dasturlari 5 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert ishtirokida baholandi.

Akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan ta'lim dasturlarining sertifikatlarini ushbu havoladan yuklab olishingiz mumkin.

Powered by GSpeech