13 Iyul, 2026
204
Kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi doirasida texnikumlarda qabul natijalari va yoshlarning kasb tanlash tendensiyalari tahlil qilindi.
Bunga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarga 249 ming nafardan ortiq yosh qabul qilingan. Shundan 161 ming nafardan ziyodi 9-sinf bitiruvchilari bo‘lib, ularning kasbiy ta’lim bilan qamrovi 32,2 foizga yetgan.
Shu bilan birga, yoshlar orasida eng ommabop kasb va mutaxassisliklar quyidagilar:
➖ avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish – 20%;
➖ tikuvchilik – 7%;
➖ hamshiralik – 6%;
➖ traktorchi-mashinistlik – 5%;
➖ davolash ishi – 4%;
➖ kompyuter grafikasi va qayta ishlash ustasi – 4%;
➖ raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi – 3%.
Shuningdek, 41 ming nafardan ziyod o‘quvchi dual ta’lim shakliga qabul qilingan. Bunda har 6 nafar o‘quvchidan biri o‘qish bilan birga amaliy tajriba ham orttirmoqda.
Yana bir muhim jihat: kontrakt asosida qabul qilinganlarning qariyb 65 foizi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot bilim sohasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingining mazkur indikatori bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan TOP-10 texnikum:
1. Shofirkon tuman 1-son texnikumi;
2. G'ijduvon tuman 2-son texnikumi;
3. Yangiyo'l tuman 3-son texnikumi;
4. Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi;
5. Qo'rg'ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi;
6. Pastdarg'om Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi;
7. Qo’qon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi;
8. Jondor tuman 2-son texnikumi;
9. Denov tuman1-son texnikumi;
10. Paxtaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi.
Ma’lumot uchun, milliy reytingda eng yuqori natija qayd etgan TOP-50 ta texnikum bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravari, ya’ni 1 mlrd 320 mln so‘m miqdorida rag‘batlantiriladi.
Batafsil tahlil bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.