17 Sentyabr, 2026
30
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetidagi baholash jarayonlari davomida ekspertlar tomonidan universitet faoliyatining ta’lim sifati bilan bog‘liq asosiy yo‘nalishlari chuqur va tizimli ravishda o‘rganilmoqda.
Jumladan:
🔹ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasi;
🔹 ta’lim dasturlarining mazmuni, tuzilishi va zamonaviy talablarga muvofiqligi;
🔹 professor-o‘qituvchilarning ilmiy, pedagogik va kasbiy salohiyati;
🔹 talabalar uchun yaratilgan ta’lim olish sharoitlari va imkoniyatlari;
🔹 o‘quv jarayonini tashkil etish samaradorligi;
🔹 amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya bazalarining mavjudligi;
🔹 ta’lim dasturlarining mehnat bozori va soha ehtiyojlariga mosligi;
🔹 ichki ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlarining samaradorligi;
🔹 ta’lim jarayonida zamonaviy va raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi.
Ekspertlar o‘rganishlari davomida ta’lim dasturlarida belgilangan maqsad va kutilayotgan natijalar, talabalarda shakllantirilayotgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalar, shuningdek, ularning amaliy faoliyatga tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratmoqda.