12 Iyun, 2026
15
3 ta oliygohning ta’lim dasturlari bo‘yicha maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayonlari amalga oshirildi.
Bunga ko‘ra, quyidagi ta’lim dasturlari belgilangan talab va mezonlarga muvofiq deb topildi:
Z.M. Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti:
Bakalavriat (1 ta ta’lim dasturi):
➖ Biznesni boshqarish.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti:
Bakalavriat (2 ta ta’lim dasturi):
➖Dasturiy injiniring;
➖Transport vositalari muhandisligi;
Magistratura (1 ta ta’lim dasturi):
➖Sunʼiy intellekt.
Shahrisabz davlat pedagogika instituti:
Bakalavriat (2 ta ta’lim dasturi):
➖Turizm va mehmondoʻstlik;
➖Kimyo.
Akkreditatsiya jarayonlari 10 nafar, shundan 5 nafar xorijiy ekspert tomonidan amalga oshirildi.