6 Iyul, 2026
30
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining 6 ta ta’lim dasturi Germaniyaning Akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash instituti (ACQUIN) tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan hamda natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olindi.
Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Bakalavriat bosqichi – 3 ta ta’lim dasturi:
➖ Kimyo muhandisligi;
➖ Konchilik muhandisligi;
➖ Metallurgiya muhandisligi.
Magistratura bosqichi – 3 ta ta’lim dasturi:
➖ Kimyoviy texnologiya;
➖ Foydali qazilma konlarini qazish;
➖ Metallurgiya.
Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestri bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.