15 Iyun, 2026
29
Yana 4 ta oliygohda ta’lim dasturlari bo‘yicha maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayonlari amalga oshirildi. Bunga ko‘ra, quyidagi ta’lim dasturlari belgilangan talab va mezonlarga muvofiq deb topildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti:
Bakalavriat (1 ta ta’lim dasturi):
➖ Biologiya.
Magistratura (1 ta ta’lim dasturi):
➖ Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya).
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali:
Magistratura (1 ta ta’lim dasturi):
➖ Bank ishi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali:
Bakalavriat (1 ta ta’lim dasturi):
➖ Oliy hamshiralik ishi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti:
Bakalavriat (1 ta ta’lim dasturi):
➖ Sport faoliyati: qilichbozlik.
Magistratura (1 ta ta’lim dasturi):
➖ Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi.
Akkreditatsiya jarayonlari 10 nafar ekspert, jumladan 6 nafar mahalliy va 4 nafar xorijiy ekspert ishtirokida amalga oshirildi.