Menyu

Hurmatli oliygohlarning sifatni ta’minlashga mas'ul mutaxassislari!

13 Aprel, 2026

129

Joriy yilyilning 14-aprel kuni Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida Association of MBAs va Business Graduates Association (AMBA & BGA, Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda seminar-trening bo‘lib o‘tadi.

AMBA & BGA – biznes ta’limida sifatini baholash va akkreditatsiya qilish bo‘yicha dunyodagi nufuzli tashkilotlardan biri bo‘lib, xalqaro standartlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Seminar doirasida quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi:

  • biznes yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’limda sifatni ta’minlash;
  • ta’lim dasturlarini AMBA & BGA talablari asosida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlari haqida tushuncha;
  • oliygohlar uchun institutsional rivojlanish strategiyalari;
  • ta’lim dasturlarini global standartlar va mehnat bozori talablariga moslashtirish.

✅ Seminar xalqaro ekspertlar bilan bevosita muloqot qilish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda biznes ta’limidagi so‘nggi talablar bilan tanishish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

📌 Manzil: Hilton mehmonxonasi, Toshkent shahri

▶️Barchangizni ushbu nufuzli xalqaro seminar-treningda ishtirok etishga taklif etamiz!

Kun tartibi

Powered by GSpeech