Menyu

Germaniyaning Akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash instituti (ACQUIN) bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

7 Avgust, 2026

97

Hamkorlik doirasida oliygohlarning sifatni ta’minlash mutaxassislari uchun malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro ekspertlar almashinuvini tashkil etish hamda oliygohlarni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga kelishildi.

ACQUIN O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestriga kiritilgan nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkilotlaridan biri hisoblanadi.

Bugunga qadar ACQUIN tomonidan 4 ta oliygohning 39 ta taʼlim dasturi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan va tan olingan.

Powered by GSpeech