30 Oktyabr, 2025
1387
Ma’lumki, Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi tomonidan xorijiy akkreditatsiyalarni yurtimizda tan oliş tizimi yölga qöyilmoqda.
Şu maqsadda Agentlik va Buyuk Britaniyaning nufuzli AMBA & BGA akkreditatsiya taşkilotlari örtasida kelişuv imzolandi.
Bunga köra, endilikda AMBA & BGA akkreditatsiya taşkilotlaridan akkreditatsiyadan ötgan biznes va menejment dasturlari yurtimizda maxsus akkreditatsiyadan ozod etiladi.
Şuningdek, AMBA & BGA akkreditatsiya taşkilotlari va Agentlik hamkorligida mutaxassislar almaşinuvi, seminar-treninglar va malaka oşiriş dasturlari taşkil etiladi.
Ma’lumot uçun, hozirgi kunga qadar Markaziy Osiyoda faqatgina 2 ta oliygohning biznes va menejment ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan ötgan.
Uşbu kelişuv yurtimiz oliygohlarida ta’lim dasturlarining xalqaro darajada tan olinişi sari qöyilgan muhim qadamlardan biridir.