Menyu

Toshkent davlat yuridik universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayoni boshlandi

14 Sentyabr, 2026

75

Akkreditatsiya doirasida universitetning jami 63 ta ta’lim dasturi, shundan 38 ta oliy ta’lim va 25 ta oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturining faoliyati kompleks baholanmoqda.

Baholash jarayoni universitetning so‘nggi 3 yillik faoliyatini qamrab oladi hamda ta’lim sifati va boshqaruvidan tortib, ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy-texnik ta’minotgacha bo‘lgan 8 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.

Kompleks baholash jarayoniga 20 nafar, jumladan, 15 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert jalb etilgan.

Ekspertlar tomonidan universitet faoliyati o‘rganilib, ta’lim jarayonlarining amaldagi holati, ichki sifatni ta’minlash mexanizmlari hamda rivojlanish natijalari tahlil qilinmoqda.

Hozirga qadar universitetning 6 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilgan.

Powered by GSpeech