Menyu

Buxorolik talabalarining ta’lim sifatini oshirish borasidagi taklif va tashabbuslari tinglandi

15 Iyun, 2026

26

Kuni kecha Buxoro davlat universitetida “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida viloyatdagi talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda oliy ta’limda sifatni ta’minlash, ta’lim dasturlarini baholash va akkreditatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, milliy ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar ta’lim sifati, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan o’z taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

Powered by GSpeech