Menyu

Yana 6 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiya orqali o‘z sifatini tasdiqladi

6 Iyul, 2026

170

Navoiy davlat universitetining Germaniyaning Akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash instituti (ACQUIN) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan 6 ta ta’lim dasturi O‘zbekiston Respublikasida tan olindi.

Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari:

Bakalavriat bosqichi – 3 ta ta’lim dasturi:
➖ Biologiya;
➖ Matematika;
➖ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili).

Magistratura bosqichi – 3 ta ta’lim dasturi:
➖ Biologiya;
➖ Matematika;
➖ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili).



Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston Respublikasida xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestriga kiritilgan tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ta’lim dasturlari tan olinadi.

Powered by GSpeech