Menyu

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi huzurida nufuzli xalqaro ekspertlardan iborat Xalqaro boshqaruv kengashi tuzildi

13 Iyul, 2026

176

Kuni kecha Xalqaro boshqaruv kengashining ilk yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kengash Milliy agentlikning oliy xalqaro strategik maslahat organi bo‘lib, uning asosiy vazifasi O‘zbekistonda ta’lim sifatini ta’minlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

Kengash tarkibiga ta’lim sifati, akkreditatsiya, oliy va kasbiy ta’lim, ta’lim siyosati hamda boshqaruvi yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan 15 nafar xalqaro ekspert va nufuzli tashkilotlar rahbarlari kiritilgan.

Yig‘ilish davomida:


➖ta’lim sifatini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish;
➖xalqaro standart va ilg‘or amaliyotlarni joriy etish;
➖sifatni ta’minlash hamda akkreditatsiya tizimlarini rivojlantirish;
➖xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
➖O‘zbekiston ta’lim tizimining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Kengash a’zolari Milliy agentlikning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Mazkur strategiya xalqaro standartlarni izchil joriy etish, institutsional salohiyatni mustahkamlash hamda O‘zbekiston ta’lim sifatini ta’minlash tizimining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech