Menyu

Al-Xorazmiy universitetida yangi bosqiç: zamonaviy ta’lim dasturlari davlat akkreditatsiyasidan ötmoqda

5 May, 2026

1071

Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan Al-Xorazmiy universitetida yangi öquv yili uçun rejalaştirilgan beşta ta’lim dasturini maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş jarayonlari izçil davom etmoqda. Bu jarayon oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi hamda xalqaro talablarga mos ta’lim sifatini ta’minlaş yölidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Ayni kunlarda universitetda “Kiberxavfsizlik injiniringi” ta’lim yönalişi hamda “Sun’iy intellekt” mutaxassisligi böyiça işlab çiqilgan ta’lim dasturlari ekspertlar guruhi tomonidan joyiga çiqqan holda batafsil örganildi. Mazkur yönalişlar bugungi raqamli davrning eng dolzarb va istiqbolli sohalaridan sanalib, ularni sifatli yölga qöyiş mamlakatning texnologik taraqqiyoti uçun muhim omil hisoblanadi.

Taşqi baholaş bosqiçi doirasida ekspertlar tomonidan ta’lim dasturlarining mazmuni, öquv rejalari, fan dasturlari hamda ularning amaliyot bilan integratsiyasi çuqur tahlil qilindi. Şuningdek, talabalarni zamonaviy bilim va könikmalar bilan qurollantiriş darajasi, professor-öqituvçilarning ilmiy salohiyati hamda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etiş holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Akkreditatsiya jarayonining muhim jihatlaridan biri sifatida universitetning moddiy-texnik bazasi ham atrofliça örganildi. Xususan, kafedralar faoliyati, axborot-resurs markazi, zamonaviy kompyuter xonalari, laboratoriyalar hamda raqamli ta’lim tizimining imkoniyatlari ekspertlar tomonidan sinçkovlik bilan baholandi. Bu esa ta’lim muassasasida talabalar uçun yaratilayotgan şaroitlar zamon talablari darajasida ekanini namoyon etadi.

Bugungi globallaşuv va texnologiyalar keskin rivojlanayotgan davrda kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt kabi yönalişlarning rivoji har bir davlatning strategik ustuvor vazifalaridan biriga aylanmoqda. Şu nuqtai nazardan, Al-Xorazmiy universitetida uşbu sohalar böyiça yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaşga qaratilgan ta’lim dasturlarining şakllantirilayotgani alohida ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlaş joizki, davlat akkreditatsiyasi nafaqat ta’lim sifatini nazorat qiliş, balki oliy ta’lim muassasasining raqobatbardoşligini oşiriş, xalqaro standartlarga moslaşuvi hamda talabalar uçun keng imkoniyatlar yaratişda muhim mexanizm hisoblanadi.

Universitet jamoasi tomonidan olib borilayotgan izçil islohotlar va zamonaviy yondaşuvlar uşbu ta’lim maskanining kelajakdagi nufuzini yanada mustahkamlaşi kutilmoqda.

Akkreditatsiya yakunlari esa alohida e’lon qilinadi.

Powered by GSpeech