10 Iyun, 2026
31
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi va Germaniyaning nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkiloti — FIBAA o‘rtasida kelishuv imzolandi.
Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, akkreditatsiya jarayonlariga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish hamda oliygohlarning ta'lim sifatiga mas'ul xodimlar malakasini oshirishga xizmat qiladi.
30 yildan ortiq tajribaga ega FIBAA bugungi kunda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritib, ta’lim sifati va akkreditatsiya sohasidagi eng nufuzli tashkilotlardan biri hisoblanadi.
Ma'lumot o'rnida: Meta, Microsoft, IBM va Google kabi nufuzli kompaniyalarning o'quv kurslari FIBAA sifat baholash jarayonlaridan o‘tkazilgan.