Menyu

Akkreditatsiya mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

27 Oktyabr, 2025

274

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashabbusi bilan “Akkreditatsiya mezonlari va standartlarini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash bo‘yicha ishchi guruh”ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda ta’lim sifatini baholash tizimini takomillashtirish, xalqaro akkreditatsiya standartlariga mos milliy mezonlarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar milliy ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan o'z takliflarini bildirdilar.

Powered by GSpeech