Menyu

Ta’limda sifatni ta’minlash bo‘yicha seminar-trening o'tkazildi

24 Oktyabr, 2025

253

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda Shveytsariyaning "Helvetas Swiss Intercooperation" tashkiloti hamkorligida “Kasbiy ta’limda tashqi sifatni ta’minlash: tizimli faoliyat va barqaror amaliyot” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda Yevropa mamlakatlarida qo‘llanilayotgan modellar, xususan, ENQA (Yevropa ta’lim sifatini ta’minlash uyushmasi) va EQAR (Yevropa akkreditatsiya reyestri) kabi tizimlarning muhim jihatlari tahlil qilindi.

Seminar-trening doirasida mutaxassislar ta’lim sifatini ta’minlashning dolzarb yo‘nalishlari, akkreditatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish va milliy malaka tizimini takomillashtirish haqida fikr almashdilar.

Powered by GSpeech