7 Aprel, 2026
109
Treningda tinglovchilarga akkreditatsiya bo'yicha milliy va xalqaro tajribalar, davlat ta’lim talablari hamda akkreditatsiya mezonlari asosida ichki baholashni tashkil etish bo‘yicha zarur nazariy bilimlar berilmoqda.
Shu bilan birga, ishtirokchilarga akkreditatsiya platformasi orqali ichki baholashni amalga oshirish hamda ichki sifatni ta’minlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar ham o‘tkazilmoqda.