Menyu

Davlat akkreditatsiyasi uchun yangi avlod ekspertlari tayyorlanmoqda

29 Iyul, 2026

63

Bugun davlat akkreditatsiyasi jarayonlariga jalb etilayotgan ekspertlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan seminar-treningga start berildi.

Ishtirokchilar xalqaro standartlar, zamonaviy akkreditatsiya metodologiyasi hamda tashqi baholashning amaliy mexanizmlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.

Shveytsariyaning O’zbekistonda kasbiy ta’lim islohotlarini qo'llab-quvvatlash loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan treningda Oliy ta’limda sifatni ta’minlash agentliklarining xalqaro tarmog‘i INQAAHE boshqaruv kengashi direktori Olgun Cicek, Oʻzbekiston uchun kasbiy taʼlim va tayyorgarlik loyihasi VET4UZ ekspertlari hamda mahalliy mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Seminar-treningning ilk kunidan fotolavhalar.

Powered by GSpeech