Menyu

Iş beruvçilarning 86,8 foizi oliygoh, 65,1 foizi texnikum bitiruvçilari tayyorgarligidan qoniqadi

9 Noyabr, 2026

18

Bitiruvçilar tayyorgarligi mehnat bozori talablariga qay darajada mosligini örganiş uçun Umummilliy iş beruvçilar sörovnomasi ötkazildi.

Sörovnomada 14 ta hududdagi 3 775 nafar iş beruvçi iştirok etib, 169 ta oliygoh va 591 ta texnikumning 3 775 nafar bitiruvçisi tayyorgarligini baholadi.

Asosiy natijalar:

➖ oliygoh bitiruvçilari tayyorgarligidan iş beruvçilarning 86,8 foizi, texnikum bitiruvçilari tayyorgarligidan esa 65,1 foizi qoniqiş bildirdi;
➖ amaliy tayyorgarlikni kuçaytiriş zarurligini oliygohlar böyiça 40,7 foiz, texnikumlar böyiça 53,7 foiz iş beruvçi qayd etdi;
➖ iş beruvçilarning 45,2 foizi tegişli oliygoh bilan doimiy hamkorligi yöqligini aytdi.



Iş beruvçilarning fikriça:

➖ yaqin 3–5 yilda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, yangi texnologiyalar va uskunalarni tez özlaştiriş hamda kreativ fikrlaş könikmalariga talab ortadi;
➖ işga qabul qilişda eng muhim kompetensiya bu mas’uliyat va intizom (oliygohlar böyiça 55,6 foiz, texnikumlar böyiça 59 foiz) böladi.



Sörovnoma natijalari asosida ta’lim dasturlarini takomillaştiriş, iş beruvçilar bilan hamkorlikni kengaytiriş, dual ta’lim va amaliy tayyorgarlikni rivojlantiriş böyiça takliflar işlab çiqiladi.

Sörovnoma böyiça batafsil tahliliy şarh tez orada e’lon qilinadi.

Powered by GSpeech