19 Iyun, 2026
68
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan o‘tkazilgan maxsus davlat akkreditatsiyasi natijalariga ko‘ra, quyidagi oliy ta'lim tashkilotlarining yangi ta’lim dasturlari belgilangan talab va mezonlarga muvofiq deb topildi:
Navoiy davlat universiteti – 2 ta ta’lim dasturi:
Bakalavriat:
➖ Agrokimyo va tuproqshunoslik.
Magistratura:
➖ Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
Namangan davlat pedagogika instituti – 1 ta ta’lim dasturi:
Bakalavriat:
➖ Sun’iy intellekt.
Samarqand davlat pedagogika instituti – 3 ta ta’lim dasturi:
Bakalavriat:
➖ Sport faoliyati: voleybol
➖ Sport faoliyati: kurash
Magistratura:
➖ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti – 2 ta ta’lim dasturi:
Bakalavriat:
➖ Energetika muhandisligi
Magistratura:
➖ Ijtimoiy ish
Akkreditatsiya jarayonlari 11 nafar (5 nafar xorijiy) ekspert ishtirokida amalga oshirildi.