Menyu

Termizdagi 2 ta oliygohning 21 ta taʼlim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtdi

29 Iyul, 2026

22


Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan oʻtkazilgan maxsus davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra, Termiz davlat universitetining 16 ta hamda Termiz davlat pedagogika institutining 5 ta taʼlim dasturi belgilangan talab va mezonlarga muvofiq deb topildi.

Termiz davlat universitetining taʼlim dasturlari:

Bakalavriat – 11 ta:
➖Filologiya va tillarni oʻqitish (pushtu tili);
➖Logistika;
➖Filologiya va tillarni oʻqitish (xitoy tili);
➖Sport faoliyati (tennis);
➖Sport faoliyati (taekvondo WTF);
➖Davlat va jamiyat boshqaruvi;
➖Vokal sanʼati: estrada xonandaligi;
➖Sport faoliyati: mini-futbol;
➖Jismoniy madaniyat;
➖Neftʼ va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi;
➖Xalqaro munosabatlar.

Magistratura – 5 ta:
➖Tarix;
➖Iqtisodiyot;
➖Psixologiya;
➖Sport faoliyati: dzyu-do;
➖Davlat boshqaruvi huquqi.



Termiz davlat pedagogika instituti taʼlim dasturlari:

Bakalavriat – 3 ta:
➖Sunʼiy intellekt;
➖Iqtisodiyot;
➖Axborot tizimlari va texnologiyalari.

Magistratura – 2 ta:

➖Adabiyotshunoslik (oʻzbek adabiyoti);
➖Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (fizika va astronomiya).



Akkreditatsiya jarayonlari 40 nafar (12 nafar xorijiy) ekspert ishtirokida amalga oshirildi.

Powered by GSpeech